Nurafshon shahrida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining raisi o‘rinbosari E.Bayniyazov, O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining hudud bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi D.Sa’dullayev hamda bir guruh qishloq xo‘jaligi tizimi faollari ishtirok etdi.

Tadbirni Kengash raisi S.Fayziyeva kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Qayd etilganidek, qishloq xo‘jaligi xalqimiz farovonligi, dasturxonimiz to‘kinligining kafolatidir. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnatlari tufayli mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanmoqda.

So‘zga chiqqanlar agrar sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, ushbu tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnat huquqlarini ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish bo‘yicha ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar bo‘yicha fikr bildirdi. Xususan, bu borada kasaba uyushmalarining o‘rni va roli to‘g‘risida atroflicha fikr yuritildi.


Shundan so‘ng qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun 35 nafar faollar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Musayev, O‘zA