Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrar soha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
10:15 / 2025-11-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Agror sohani davlat tomonidan qo‘llab-qo‘llash tizimini tubdan takomillashtirsh chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga muvofiq: 

a) agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va vaqt resurslari sarfini 2 baravarga qisqartirish, ajratiladigan mablag‘lar samaradorligini oshirish; 

b) oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarini unifikatsiya qilish orqali ularning sonini 2028 yil yakuniga qadar 50 foizgacha qisqartirish; 

v) sohada qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilga qadar bosqichma-bosqich 20 foizga ko‘paytirish maqsad qilingan. 

Farmonga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etiladi. 

Agentlik: 

a) oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishini tashkil qiladi; 

b) qo‘llab-quvvatlash choralarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, ijrosini monitoring va tahlil qilish, natijadorligini oshirish hamda samara bermayotgan choralarni bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; 

v) qo‘llab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; 

g) qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish uchun arizalarni topshirishdan boshlab, ularni ko‘rib chiqish, ma’qullash va to‘lov jarayonigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni to‘liq raqamlashtiradi. 

Farmon bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligining faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

O‘zA