Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AGMK - Oʻzbekiston kubogi sohibi
17:20 / 2018-10-28

Fargʻonaning “Istiqlol” stadionida Oʻzbekiston kubogining final oʻyini nihoyasiga yetdi.


Fargʻonaning “Istiqlol” stadionida Oʻzbekiston kubogining final oʻyini nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda Toshkentning “Paxtakor” hamda Olmaliqning AGMK jamoalari toʻqnash kelishdi.

Oʻyinda olmaliqliklar tashabbusga erishishdi va yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Shu tariqa AGMK Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. Endi jamoa 2019 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Agar AGMK pley-offdan muvaffaqiyatli oʻta olsa, OCHLning guruh bosqichiga yoʻl oladi.

Oʻzbekiston kubogi-2018

FINAL

AGMK – “Paxtakor” 3:1

28-oktabr 2018-yil. Fargʻona shahri, “Istiqlol” stadioni.

Hakamlar: Temur Toʻxtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Olim Toʻychiboyev

Gollar: Yovan Jokich 16 penalti, 1:0. Ismoil Gonsalvesh 54 penalti, – 1:1. Yovan Jokich 57, – 2:1, Zohir Pirimov 90, 3:1.

AGMK – Roman Abdulov, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Jasur Hasanov, Lutfulla Toʻrayev (c), Zohir Pirimov, Kamoliddin Murzoyev (Zafar Polvonov, 83), Yovan Jokich, Oybek Qilichev (Muzaffar Muzaffarov, 84).

“Paxtakor” – Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov (Igor Sergeyev, 86), Sherzod Aʼzamov, Marko Simich, Farruh Sayfiyev – Dilshod Rahmatullayev (Jasur Yaxshiboyev, 75), Vladimir Kozak (Jamshid Iskanderov, 46) – Ismoil Gonsalvesh, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov – Tiago Bezerra.

Ogohlantirishlar: Sherzod Aʼzamov 32, Lutfulla Toʻrayev 34, Vladislav Kasminin 38, Abduqahhor Xojiakbarov 39, Yovan Jokich 80.