Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agar tadbirkorni bank sarson qilinsa, kimga murojaat qilish kerak?
12:11 / 2020-08-12

Qayd etish lozimki, qarz oluvchi kredit yuzasidan bankka rasmiy ariza bilan murojaat qilishi lozim, bunda bank xodimlari bilan kredit olish boʻyicha amalga oshirilgan ogʻzaki kelishuvlar yuridik kuchga ega boʻlmaydi hamda bank tan olinmasligi mumkin.


Siz bankdan kredit soʻrab murojaat qilsangiz, ular esa turli bahonalar bilan oylab sarson qilsa nima qilasiz? Murojaatni koʻrib chiqish muddati qancha ekanini bilasizmi? Bu qonun bilan tartibga solinganmi? Agar tadbirkorni bank sarson qilinsa, kimga murojaat qilish kerak?

Ana shunday savollarga Markaziy bank departament direktori Akmal Nazarov izoh va tushuntirish berdi.

“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunining 61-moddasiga koʻra, banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir bank mijozlarga kredit operatsiyalarini bank kengashi tasdiqlagan “Kredit siyosati” talablariga binoan amalga oshiradi.

Qayd etish lozimki, qarz oluvchi kredit yuzasidan bankka rasmiy ariza bilan murojaat qilishi lozim, bunda bank xodimlari bilan kredit olish boʻyicha amalga oshirilgan ogʻzaki kelishuvlar yuridik kuchga ega boʻlmaydi hamda bank tan olinmasligi mumkin.

Yuridik shaxslarning bank xizmatlariga doir murojaatlari “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning 68-moddasiga koʻra, mijozlar murojaatlari bankka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa, bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi hamda yozma yoki elektron shaklda javob berilishi belgilangan.

“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra, bank kredit operatsiyalarini amalga oshirishda shartnomada kredit mablagʻlarini berish majburiyatini bajarmaganligi yoki oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun bank qarz oluvchi oldida kreditor sifatida oʻz javobgarligini aks ettirishi shart.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlarida bankka kredit olish uchun rasmiy ariza va boshqa zaruriy hujjatlar topshirilgandan soʻng, bank belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilib, tegishli javob berilmaganda yoki bank xizmatlari isteʼmolchisi sifatida huquqlari buzilayotganligi holatiga duch kelgan taqdirda, Markaziy bankka (71) 200-00-44 raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat etishlari mumkin.