Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agar bola baxtni uyidan topmasa, boshqa joydan qidiradi
14:14 / 2024-06-02

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva «Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar» mavzusidagi ijtimoiy rolik tashabbusi bilan chiqdi.

Butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlandi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish, huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha mas’ul Shahnoza Mirziyoyeva «Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar» mavzusidagi «Onajonim, birga o‘ynaymizmi?» nomli ijtimoiy rolik tashabbusi bilan chiqdi.  

Ma’lumki, ota-ona va bolaning travmatik munosabatlari juda katta salbiy oqibatlarga olib keladi va bolaning kelajakdagi hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Agar bola e’tibor, g‘amho‘rlik, mehr va baxtni uyidan topmasa, ularni boshqa joydan qidiradi. Ko‘pincha, u o‘zi istagan munosabatni ko‘chadan, shubhali kishilar davrasida topadi. Bolalar va ota-onalar munosabatlarni ruhiy jarohatlar juda qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkin... Biz kundalik faoliyatimizda bu holatga tez-tez to‘qnash kelamiz”, – deydi Shahnoza Mirziyoyeva o‘z Instagram sahifasida.

Mazkur videorolik yana bir bor kattalarning e’tiborini cheksiz sevgi, tushunish, manfaatlarni hurmat qilish va bolalarga g‘amxo‘rlik qilish zarurligiga qaratadi. U yana bir bor eslatib o‘tadiki, uy bola uchun eng xavfsiz joy bo‘lishi kerak, u yerda uni hamma sevadi va boricha qabul qiladi.

 O‘zA