Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afv etilgan shaxslarning muammolari o‘rganildi
15:30 / 2023-12-12

Andijon tumanida probatsiya guruhi hisobiga olingan shaxslar uchun tuman ichki ishlar bo‘limi mutasaddilari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida qabul o‘tkazildi.

Bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo‘lish xalqimizga xos fazilat. Bu borada mamlakatimizda e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib, Andijon tumani ichki ishlar bo‘limi probatsiya guruhi hisobiga olingan 6 nafar shaxs hamda tuman ichki ishlar bo‘limi va hamkor tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan qabulda probatsiya hisobida turuvchi shaxslarning muammolari o‘rganildi. Probatsiya hisobida turuvchi shaxslarning sog‘ligi, bandligini ta’minlash, oilasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq va boshqa masalalarga oid muammolari ijobiy hal etildi.  

- Qilgan xato va qilmishlarimdan pushaymonman, - deydi probatsiya bo‘limi hisobida turuvchi fuqaro A.I. – Yurtboshimiz bilib-bilmasdan jinoyat ko‘chasiga kirgan men kabi ko‘plab shaxslarni afv etdi. Bu yuzlab oilalar qatori mening oilamga ham bir olam shodlik hadya etdi. Buning uchun Prezidentimizga mingdan-ming rahmat aytaman. Qabul doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etilib, probatsiya hisobidagi shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ularga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari