Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afv etilgan fuqarolarning muammolari o‘rganildi
16:17 / 2021-09-15

Davlat rahbarining Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganlarni afv etish borasidagi farmonlariga asosan 11 nafar buxorolik mahkumlar ham jazodan ozod etilgan edi.

Afv etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashishi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish maqsadida hokimliklar, tegishli tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, viloyat hokimligi va tegishli  boshqa tashkilotlar mutasaddilari afv etilgan fuqarolar bilan uchrashdi. Ularni uy-joy, ish bilan ta’minlash, salomatligi va boshqa masalalari yuzasidan muammolari, kelgusidagi maqsad va rejalari tinglandi.  

Bildirilgan muammoli masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Mutasaddilarga manzilli topshiriqlar berildi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA