Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afsonaviy sportchimizdan navbatdagi ajoyib natija
17:45 / 2019-05-20

Ayni kunlarda Xitoyning Chjaotsin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha “FIG World Challenge Cup”ning birinchi bosqich musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.


Ayni kunlarda Xitoyning Chjaotsin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha “FIG World Challenge Cup”ning birinchi bosqich musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik atletlar ham g‘oliblik uchun bahs olib borishyapti.

O‘zbekiston MOQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, musobaqaning tayanib sakrash bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina yana bir bor shohsupaga ko‘tarildi.

Chusovitina bugun o‘zining sevimli yo‘nalishida 14.350 ball jamg‘ardi. Bu natija unga yakunda kumush medalni taqdim etdi. Musobaqada oltin medal xitoylik Yu Linminga nasib etgan bo‘lsa, malayziyalik Yuex Tan In kuchli uchlikka yakun yasab berdi.