Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afsonaviy Oksana Chusovitina Qatarda
12:02 / 2018-10-26

Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi boʻyicha 48 jahon chempionati start oldi.


Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi boʻyicha 48 jahon chempionati start oldi. Mazkur jahon chempionati sportning ushbu turi boʻyicha Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlariga litsenziya beruvchi dastlabki musobaqadir.

Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Akobir Hamroqulov, Husniddin Abdusamatov, Bobur Toshpoʻlatov kabi sportchilarimiz himoya qilmoqdalar.

Ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa afsonaviy Oksana Chusovitina tayanib sakrash va xodadagi mashqlar yoʻnalishida bahslarga kirishadi. Ushbu nufuzli musobaqada ilk marotaba ishtirok etayotgan Sabina Turobova esa koʻpkurash bellashuvlarida oʻz omadini sinab koʻradi.