French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afsonaviy futbol qiroli vafot etdi
09:38 / 2022-12-30

Braziliyaning afsonaviy futbolchisi, uch karra jahon chempioni Pele 82 yoshida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Angliya jamoasi  va «Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Bobbi Karlton bir paytlar futbol Pele uchun o‘ylab topilganini aytgan edi.  

Darhaqiqat, ko‘plab sharhlovchilar va muxlislar uchun Pele Braziliya futbolining eng yorqin timsoli va dunyo tarixidagi eng yaxshi futbolchisi edi.  

Pele nafaqat sportchi, balki atrof-muhitni muhofaza qilish va kambag‘allar hayotini yaxshilash uchun kurashgan jamoat arbobi edi.  

2021 yilning sentyabr oyida xastalik xuruji kuchayadi, joriy yilning aprel oyidan beri u kasalxonada davolanayotgandi.

“Santos” klubi Pelening jasadi 2 yanvar kuni tongda shifoxonadan  “Vila Belmiro” stadioniga olib kelishini ma’lum qildi. Vidolashuv marosimi ertasi kun ertalab soat 10.00 gacha davom etadi.  

Shundan so‘ng tobut poytaxt ko‘chalari bo‘ylab olib ketiladi, so‘ngra dafn marosimi o‘tkaziladi.

 

O‘zA