English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Afrosiyob” poyezdlarining “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
10:06 / 2021-11-12

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Yo‘lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, bundan tashqari ichki turizmni rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2021 yil 13 noyabrdan boshlab haftaning shanba, yakshanba kunlari “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Harakat jadvaliga ko‘ra shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tib, soat 12:47 da Buxoro 1 temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

“Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro 1 temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzaliga kirib keladi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA