Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Afrosiyob” ning yangi reyslari yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 2019-08-22

Yurtimizda bayramlar ko‘p.


Yurtimizda bayramlar ko‘p. Bu fursatdan foydalanib kimdir qarindoshlaridan xabar olishni ixtiyor etsa, boshqa birov oilasi bilan tarixiy shaharlarga sayohat qiladi. Bu fursatda esa, albatta, qaysidir transport turidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Ana shunday tanlovda eng birinchi o‘rinda ko‘pchilik “Afrosiyob” poezdlaridan foydalanishini hisobga olib, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi bayrami ya’ni 1, 2, 3 sentabr kunlari yangi reyslarni amalga oshiradi.

Bunda “Samarqand-Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari soat 11:08 da Samarqand vokzalidan, soat 14:02 da esa Toshkent markaziy vokzalidan harakatini amalga oshiradi.