“Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga ko‘payadi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» yo‘lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish maqsadida «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan “Afrosiyob” elektropoyezdining reysini yana bittaga ko‘paytirmoqda.
Hozirda haftada 2 marotaba, ya’ni shanba va yakshanba kunlari harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poyezd joriy yilning 13 noyabridan boshlab, haftada 3 marotaba – juma, shanba va yakshanba kunlari yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qiladi.
Bundan tashqari, mazkur poyezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot o‘rnida, reyslar uchun chiptalarni xarid qilishda cheklovlar qo‘yilmagan.