Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afrikada 281 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda
07:56 / 2022-02-04

Afrikaning turli mintaqalarida to‘yib ovqatlanmaydigan odamlarning umumiy soni 281 milliondan oshdi. Bu ma’lumot Afrika Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda iqtisodiy komissiyasi qo‘shma hisobotida keltirilgan.

2020 yilda yetarli oziqlanmagan afrikaliklar 281,6 million kishini tashkil etdi. Bu raqam 2014 yilga nisbatan 89,1 million ko‘p, demak.

Qit’adagi shunday aholining qariyb 44 foizi Sharqiy Afrikada, 27 foizi G‘arbiy Afrikada, 2,4 foizi Janubiy Afrikada, 20 foizi Markaziy Afrikada, 6,2 foizi Shimoliy Afrikada yashaydi.

Afrika Ittifoqi rahbariyati ta’kidlaganidek, terrorchilik xuruji va koronavirus pandemiyasi oqibati Qora qit’ada ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik xavfini kuchaytirmoqda.

Kutilganidek, ochlik va to‘yib ovqatlanmaslikka qarshi kurash mavzusi fevral oyida bo‘lib o‘tadigan AB sammiti kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bo‘ladi.

Ushbu anjuman doirasida Afrika qit’asi yetakchilari inson iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini jadallashtirish uchun mintaqadagi ozuqaviy barqarorlikni kuchaytirish masalasini muhokama qilish niyatida.