Afrika yetakchilari Ukraina masalasida yangi reja taklif qiladi
Afrika qit’asining bir necha davlati yetakchisi Rossiya – Ukraina ziddiyati bo‘yicha missiyasi doirasida ishonchni mustahkamlashga qaratilgan qator choralarni taklif etishi mumkin, deb yozmoqda “Reuters” hujjat qoralamasiga tayanib.
Ma’lum qilinishicha, ko‘zda tutilgan tadbir RF qo‘shinlarini orqaga qaytarish, Belarusdan taktik yadro qurolini olib ketish, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni “hibs”ga olish bo‘yicha Xalqaro jinoiy sud orderi harakatini to‘xtatish, shuningdek, Rossiyaga nisbatan qo‘llanayotgan ayrim sanksiyalarni bekor qilish choralarini aks ettiradi. Bundan tashqari ro‘yxatdan “don va o‘g‘it bo‘yicha bitim” ham joy olishi ehtimoli bor.
Xabarda ta’kidlanishicha, keyinchalik Rossiya bilan G‘arb qarama-qarshiligini to‘xtatish va muzokara boshlash bo‘yicha kelishuvga erishilishi ham mumkin.