English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afrika global iqtisodiy kuchga aylanmoqda
14:17 / 2023-10-18

Afrika iqtisodiy o‘sish uchun ulkan salohiyatga, siyosiy sohada katta ahamiyatga ega yangi global iqtisodiy kuchga aylanishi mumkin, dedi Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida o‘tayotgan uchinchi xalqaro hamkorlik forumi ochilishida.

– 1,4 milliard aholiga ega Afrika global iqtisodiy kuchga aylanib bormoqda va shubhasiz, keyingi chegara bozori bo‘ladi, – dedi u. – Bir vaqtlar xom ashyo manbai bo‘lgan Afrika endi o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarmoqda. Shu paytgacha o‘z tabiiy boyliklarini o‘zlashtirishda bir chetda qolib kelgan qit’a tez sur’atda global iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchga aylanib bormoqda. Ayni dam jahon hamjamiyati jiddiy inqirozlarga - iqlim o‘zgarishi, tarkibiy o‘zgarish va global beqarorlikka duch kelmoqda. Bunday sharoitda umumiy muammolarni hal qilish uchun birgalikdagi, hamjihat harakatlar zarur. Bunday yondashuv ilgari butun dunyo barqarorligiga imkon bergan. Global yetakchilar sifatida biz insonparvarlik, adolat, inklyuzivlik, tenglik va hamdardlik tamoyilini qabul qilishimiz kerak.

Ahmad Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini olqishlab, jamoaviy taraqqiyot tamoyiliga asoslangan holda global taraqqiyotga ko‘maklashishi, odamlarni yaqinlashtirishi va to‘siqlarni yengib o‘tishini ta’kidladi.