Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afrika filining tishi hamda 180 dona bug‘u shoxlarining noqonuniy kiritilishiga chek qo‘yildi
12:58 / 2023-04-05

Ma’lumki, ayrim hayvonlarning shox va suyaklari dunyo bozorida xaridorgir xomashyo hisoblanadi. Shu sabab, buning ortidan mo‘may daromad orttirishni ko‘zlagan ayrim shaxslar tabiatga zarar yetkazish bilan birga, bojxona tartib qoidalarini buzishga urinadi.

«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali harakatlanib, xorij davlatidan yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada avtoulov o‘rindig‘ining ost qismiga yashirincha joylangan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 32 000 000 so‘mlik, 180 dona bug‘u shoxlari va 1 dona fil tishi borligi aniqlandi.  

Ma’lumot uchun, filning barcha turlari va uning tana a’zolari xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.  

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zA