Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AFP: Shri-Lankada mart oyida inflyatsiya 21,5 foizga chiqdi
15:28 / 2022-04-22

Shri-Lankada umummilliy iste’mol narxlari mart oyida yillik hisoblash bilan 21,5 foizga yetdi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan to‘rt barobarga ko‘p. Juma kuni Agence France-Presse agentligi Shri-Lanka hukumatining statistika departamentiga tayanib ushbu xabarni tarqatdi. 

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, mart oyida oziq-ovqat inflyatsiyasi 29,5 foizni tashkil etgan.  
Iqtisodiy inqirozning keskinlashuvi sharoitida Shri-Lanka hukumati shu hafta Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ga imkon qadar tezroq 3-4 milliard dollarlik moliyaviy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi. Bu pullar valyuta zaxirasini oshirishga qaratiladi, chunki hozirda mamlakatning valyuta zaxirasi 2 milliard dollardan ham kam qolgan. Bunga javoban, XVJ mamlakatning hozirgi tashqi qarzi 51 milliard dollarni tashkil etayotgani va Kolombo moliyaviy transh olishdan avval ushbu qarzlarini restrukturizatsiya qilishi lozimligini bildirgan. XVJning Shri-Lankadagi vakolatxonasi rahbari Masaxiro Nodzakining ta’kidlashicha,  "yordam olgunicha mamlakat qarzning maqbul ko‘rilgan darajasini tiklashi va qarzdorlik barqarorligiga erishish lozim". 

Shri-Lanka 1948 yil mustaqillikka erishgandan buyon tarixdagi eng chuqur iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Pandemiya davrida mamlakatga xorijiy sayyohlar kelmay qo‘ydi, natijada byudjetga valyuta tushimi kamayib ketdi.  

12 aprelda Shri-Lanka moliya vazirligi barcha tashqi qarzlar bo‘yicha to‘lovlar to‘xtatilganini e’lon qildi.