Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AFP News: Ukraina jang maydonida eng tez oldinga siljishga erishdi
17:40 / 2026-02-17

O‘tgan hafta Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya armiyasidan 200 kvadrat kilometrdan ortiq hududni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi. “AFP News” ma’lumotiga ko‘ra, bu 2 yarim yil ichidagi eng yaxshi natija.

Urushni o‘rganish instituti  (ISW) hisobotida 11-15-fevral kunlari Ukraina kuchlari ruslardan 201 kvadrat kilometr hududni qaytarib olgani qayd etilgan. Qo‘shin ayni jarayonda rus askarlarining “Starlink” terminallari bloklanganidan unumli foydalangan.

Qaytarib olingan hudud qariyb Rossiya butun dekabr oyida qo‘lga kiritgan  maydonga teng. Boshqacha aytganda Ukraina kuchlari 2023-yil iyun oyida boshlangan qarshi hujumdan beri qisqa vaqt ichida qaytarib olgan eng ko‘p yer uchastkasidir.

S.Rahimov, O‘zA