English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AFP: Burkina-Fasoda 13 nafar jandarm jangarilar hujumi qurboni bo‘ldi
12:56 / 2022-03-14

Burkina-Faso shimolida jangarilarning pistirmadan turib hujum uyushtirishi oqibatida kamida 13 nafar jandarm halok bo‘ldi, deb xabar tarqatdi Agence France-Presse agentligi mamlakat xavfsizlik organlari manbalariga tayanib.

Xabarda keltirilishicha, bir guruh jandarmlar Taparko koniga uncha uzoq bo‘lmagan joyda jangarilar pistirmasiga duch kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lgan. Bir necha jandarm bedarak yo‘qolgan.

Burkina-Faso shimolidagi ushbu oltin koni joylashgan tumanda bir hafta ichida  uchinchi bor hujum uyushtirildi. 10 martda ham jangarilar guruhi Seytenga tumaniga hujum qilib 10 kishini o‘ldirgan edi. 12 martda esa  30 nafar jangari kon hududiga yashirincha kirib, 11 kishini o‘ldirgan.