Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonning yangi hukumat tarkibiga 15 nafar xorijiy shaxslarni qo‘shish talabi bildirildi
09:58 / 2022-03-02

Afg‘onistondagi tolibon hukumati xorijdan mamlakatda tuziluvchi inklyuziv hukumat tarkibiga qo‘shish talab qilingan 15 kishining ismi-sharifi yozilgan ro‘yxat oldi, deb yozgan “Ariana News” harakat rahbariyati vakili Shahobiddin Dilavorga tayanib. Bayonotga ko‘ra, dastlab mazkur ro‘yxatda 8 kishi bor edi.

Keyinroq nomzodlar 11, endi esa 15 nafarga yetgani qayd etildi. Shahobiddin Dilavorning so‘zlariga qaraganda, bu taklif toliblar hokimiyatga siyosiy yo‘l bilan kelgan taqdirdagina ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lardi. 

Ayni chog‘ ro‘yxatdagilardan hech birining nomi keltirmagan, taklifni kim berganiga ham oydinlik kiritilmagan.