Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri vaqtli hukumatni boshqarmayotganini ma’lum qildi
12:57 / 2021-08-17

RIA Novosti xabar berishicha, Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri va Germaniyadagi sobiq elchisi Ali Ahmad Jaloliy vaqtli hukumatni boshqarmayotganini tasdiqlagan. U ushbu lavozim uni qiziqtirmasligini aytib, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida shu haqda tarqatilgan xabarlar mish-mish ekanini ma’lum qilgan.

"Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yo menga vaqtli hukumatga rahbarlik qilish vazifasi topshirilgani haqda mish-mishlar kezib yuribdi. Bularning hammasi yolg‘on. Menga bunday lavozim taklif qilingani yo‘q va meni bu qiziqtirmaydi ham", - deb yozgan Jaloliy Twitter da.

U shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda uning nomidan e’lon qilinayotgan bayonotlarga ham  ishonmaslikka chaqirgan.  

Kuni kecha ommaviy axborot vositalari Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri va Germaniyadagi sobiq elchisi Ali Ahmad Jaloliy mamlakatning o‘tish davri hukumatini boshqaradi, deb yozgan edi.  

Bundan avvalroq esa, “Tolibon” harakatining yuqori lavozimli mulozimlari Britaniyaning Times gazetasiga intervyu berib, mutloq hokimiyatga ega bo‘lishga harkat qilayotgani va vaqtli hukumat tuzish niyati yo‘qligi haqida bayonot bergan edi.