Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonning "Hareem Zan" radiostansiyasi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ydi
15:40 / 2022-01-31

Afg‘onistonda “Tolibon” harakati xokimiyat tepasiga kelgandan keyin yopilgan Badaxshon viloyatidagi "Hareem Zan" radiostansiyasi faoliyatini qayta ishga tushirdi, deya ma’lum qildi radiostansiya xodimlarining biri RIA Novostiga.

Xodimning ta’kidlashicha, avval radiostansiyaning to‘xtab qolishiga  moliyaviy muammolar sabab qilib ko‘rsatilgan edi, aslida, haqiqiy sabab toliblardan qo‘rquv bo‘lgandi, chunki radioda 11 nafar ayol xodim ishlagan.

Yangi hukumat radioda ayol ovozini taqiqlamagani bois, "Hareem Zan" faoliyati yana qayta yo‘lga qo‘yildi, deydi u agentlikka bergan intervyusida.

Bundan avvalroq toliblar Qandahordagi televideniye va radioda musiqa ohanglari va ayol ovozini taqiqlab qo‘ygan edi.

“Chegarasiz reportyorlar” (RSF) nodavlat tashkilotining tarqatgan ma’lumotida keltirilishicha, 2021 yil  avgustdan, ya’ni hukumat tepasiga toliblar kelgandan keyin  mamlakatda 231 ta ommaviy axborot vositalari yopilgan. Taxminan 6 ming 400  jurnalist ishini yo‘qotgan. Bu ayol jurnalistlarga ham tegishli bo‘ldi. Ayni damda har besh ayol jurnalistning to‘rt nafari ishlamaydi.