Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonliklarga sakkiz milliondan ortiq elektron ID karta berildi
13:45 / 2024-10-15

Afg‘onistonda 2021 yil Tolibon hokimiyat tepasiga qaytgandan beri fuqarolarga 8,2 million elektron shaxsiy guvohnoma (tazkira) berildi. Bu haqda Milliy statistika va axborot boshqarmasi deya ma’lum qilgan.

– Shaxsni tasdiqlovchi elektron hujjat berish jarayoni avvalgi hukumat davrida boshlangan, – deyiladi “Tolo” telekanali departament matbuot kotibi Muhammad Halim Rafiy so‘zlariga tayanib tarqatgan xabarda. – Rasmiylar fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ustida ish olib borishyapti. Hozirgacha jami 14,2 milliondan ko‘p fuqaroga elektron milliy guvohnoma berildi.

Yaqin kelajakda hukumat Hirot, Balx, Nangarhor va Hilmond viloyatlarida shaxsiy hujjat berish uchun qo‘shimcha manzillar tashkil etishni rejalashtirgan.

Xalqaro tashkilotlar ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘oniston aholisi 30 milliondan oshib, ehtimol 32 millionga yetgan bo‘lishi mumkin. Aholini ro‘yxatga olishga so‘nggi bor 1979 yil urinib ko‘rilgan. Afsuski, sobiq sovet qo‘shinlarining cheklangan tarkibi mamlakatga kirishi natijasida tadbir yakunlanmay qolgan.