FOTOREPORTAJ
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining 111 nafar bitiruvchisiga bakalavr diplomi topshirildi.
Tadbirda markaz direktori Oybek Ro‘ziyev, Surxondaryo viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Safarov, Afg‘onistonning Termiz shahridagi Bosh konsuli Muhammad Idris Zarshuy va boshqalar bitiruvchilarni muborakbod etdi.
[gallery-12623]
To‘rt yil davomida markazda talabalarning zamon talablari asosida tahsil olishi, har tomonlama malakali kadrlar bo‘lib yetishishi uchun mashg‘ulot va dars jarayonlariga malakali professor-o‘qituvchilar jalb etildi.
Shunday qilib, markazda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha 103 nafar, yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha 8 nafar talaba davlat attestatsiyasini a’lo baholarga topshirib, bakalavr darajasiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, bir oy davomida amaliyot o‘tab, yakuniy davlat imtihonlarini topshirdilar.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA