Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlari olib chiqilgani haqidagi hisobot o‘rganilmoqda
AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan muvaffaqiyatsiz olib chiqilishi haqidagi hisobot tayyor. Hisobotni Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda vazirlik mulozimi Kolin Kol ma’lum qildi.
“Bir necha oy oldin vazir talab etgan hujjat matbuotga sizdirilgan edi. Bu hujjat maxfiy hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
2020 yil 29 fevralda Prezident Donald Tramp boshchiligidagi AQSHning avvalgi hukumati va “Tolibon” harakati Doxada tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va koalitsiya ittifoqdoshlari Afg‘onistondan qo‘shinni 14 oy ichida olib chiqib ketishga va’da bergan. “Tolibon” esa chiqish paytida qo‘shinga tahdid soladigan harakat qilmaslikka kafolat bergandi.
2021 yil 14 aprel kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi amaliyotni tugatish qarorini e’lon qildi. Qo‘shinni olib chiqish 2021 yil mayda boshlangan.