Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistondagi vaziyat migratsiya inqirozini keltirib chiqarishi mumkin
20:00 / 2021-10-27

Ehronning poytaxti Tehronda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar Afg‘onistonda yuzaga kelgan siyosiy-iqtisodiy vaziyat, gumanitar ahvol bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

Eron tashqi ishlar vaziri Xusayn Amir Abdullaxiyon uchrashuvda so‘zga chiqib, Afg‘onistonda iqtisodiy inqiroz chuqurlashayotgani, ahvol shunday davom etsa qo‘shni mamlakatlarga migrantlar oqimi kuchayishi mumkinligini ta’kidladi.

"Afg‘onistonda iqtisodiy vaziyat yomonlashmoqda, agar chora ko‘rilmasa qo‘shni mamlakatlarga migrantlarning katta oqimi boshlanadi", - dedi Abdullaxiyon Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvidan keyin uyushtirilgan matbuot anjumanida.