English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistondagi harbiy baza portladi
10:09 / 2025-09-22

Yakshanba kuni tushdan keyin Parvon viloyati Bag‘rom tumanidagi harbiy baza darvozasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi, deya xabar tarqatdi “Jumhur” axborot agentligi.

- Mahalliy manbalar hodisa “Si Dukan” nomi bilan mashhur aviatsiya qo‘nalg‘asi oldida kuzatilganini tasdiqlamoqda, — deyilgan xabarda.

Manbalar ta’kidlashicha, fojia hududning sharqiy kirish qismida sodir bo‘lgan, boshqa ma’lumot yo‘q.

“Si Dukan” mazkur harbiy majmuaning asosiy darvozalaridan biri hisoblanadi, aksar transport vositalari shu nazorat manzili orqali o‘tadi.

Mazkur harbiy ob’ekt hududiga doir cheklov tufayli voqea haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Axborotda portlash Prezident Donald Tramp Bag‘rom aviabazasi amerikaliklar tomonidan qaytarib yoki bosib olinishi mumkinligi to‘g‘risidagi tahdidli bayonotidan keyin kuzatilgani alohida ta’kidlangan.

S.Rahimov, O‘zA