Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonda yuz bergan portlashda bir oilaning 12 a’zosi halok bo‘ldi
17:15 / 2021-08-10

Afg‘onistonning Paktiya viloyatida kuchli portlash yuz berdi. “Arian News” sayti xabar berishicha, portlash oqibatida bir oilaning 12 nafar a’zosi halok bo‘lgan.

Hodisa Paktiya viloyati Sayid Karam tumanining Chino qishlog‘ida ro‘y bergan. Oila mikroavtobus orqali viloyat markazidan qochayotganda to‘satdan yo‘l chetidagi minaga duch kelgan.  

Hozircha hech qaysi guruh ushbu portlash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, faqat mina portlashida “Tolibon” qo‘li borligi aytilmoqda.

Afg‘oniston mustaqil inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi xabariga ko‘ra, toliblar shu paytgacha 5 ming 321 nafar tinch fuqaroga ziyon yetkazgan.