Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonda yuz bergan 7 balli zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi
01:52 / 2025-11-03

Biroz oldin Afg‘oniston hududida magnitudasi 6,9 ballni tashkil etgan zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 556 kmda joylashgan. Epitsentrda sezilish kuchi 7 ballni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Surxandaryo viloyatida 5 ball, 90 km.

Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 302 km.

Samarqand viloyatida 3 ball, 358 km.

Jizzax viloyatida 3 ball, 410 km.

Navoiy viloyatida 3 ball, 444 km.

Buxoro viloyatida 3 ball, 451 km.

Sirdaryo viloyatida 3 ball, 464 km.

Toshkent shahrida 2-3 ball, 557 km.

Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 579 km.

O‘zA