Afg‘onistonda yangi hukumat davrida ikki yuzdan ziyod OAV yopildi
O‘tgan bir yil davomida Afg‘onistonda ikki yuzdan oshiq ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatini to‘xtadi va yetti ming matbuot xodimi ishsiz qoldi. Bu haqda Afg‘oniston jurnalistlari va ommaviy axborot vositalari federatsiyasi xabar berdi.
Mazkur tashkilot mamlakatdagi OAV ahvoli tobora yomonlashayotganini qayd etib, halqaro hamjamiyat va Islom Amirligini nashrlar va jurnalistlarni himoya qilishga chaqirdi.
“O‘tgan yili 544 ommaviy axborot vositasidan 218 tasi yopilgan, 120 ming xodimdan yetti ming nafari ishsiz qoldi”, deya bayonot berdi Federatsiya raisi Hujjatilloh Mujaddidiy.
Uyushma ma’lumotiga ko‘ra, bir yil avval Afg‘oniston matbuotida ikki ming 800dan ortiq ayol ishlagan, ularning ikki ming 100 nafari ishsiz qolgan.