Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonda toliblar hujumi ortidan to‘rtta telekanal faoliyatini to‘xtatdi
08:41 / 2021-08-04

Afg‘onistonning janubida “Tolibon” harakati jangarilari hujumi tufayli kamida to‘rtta telekanal va 10 dan ortiq radiostansiya faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi, deb xabar tarqatdi Afg‘onistonning 1TV News telekanali axborot va madaniyat vazirligi bergan ma’lumotga tayanib.

“Mazkur telekanallar va radiostansiyalar “Tolibon” jangarilari Afg‘oniston janubida maydoni bo‘yicha eng katta hisoblangan Gilmend viloyatining poytaxti  Lashkargohga hujum uyushtirganidan keyin o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi”, deyiladi xabarda.