Afg‘onistonda suv toshqinlari natijasida 42 kishi qurbon bo‘ldi
So‘nggi oylarda kuzatilayotgan surunkali jala va suv toshqinlari sababli Afg‘onistonda 42 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar tarqatdi «Sinxua» agentligi.
“Kuchli jalalar va suv toshqinlari 341 ta uyni vayron qilgan va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta ziyon keltirdi”, – deyiladi mahalliy “Tolonews” telekanali tarqatgan xabarda.
Manbalarda keltirilishicha, tabiiy ofatlar mamlakatdagi 34 ta provinsiyaning 23 tasida ro‘y bergan.
Afg‘oniston meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yaqin uch kunda mamlakatning ayrim qismlarida yana kuchli jala, ortidan shamol va suv toshqinlari bo‘lishi kutilmoqda.