Afg‘onistonda sodir etilgan portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti tumanlaridan birida sodir etilgan portlashlardan so‘ng kamida 9 kishi qurbon bo‘lgan, deyiladi “Tolo News”ning mahalliy xavfsizlik organlari ma’lumotiga tayanib bergan xabarida.
Porlashlar Spin Kaloyi maydonida sodir etilgan. Ma’lumotga ko‘ra, afg‘on parlamenti a’zosi Xoji Hoji Xon Muhammad Vardakning avtomobilini portlatish maqsad qilingan, Vardak omon qolgan. “1TV News” xabariga qaraganda, halok bo‘lan to‘qqiz kishidan tashqari, portlash oqibatida yana olti kishi jarohatlangan.
Hozircha, mamlakatda faoliyat yuritayotgan guruhlarning hech biri hodisa yuzasidan javobgarlikin zimmasiga olmagan.