Xunrezlik Qandahor viloyatining Spin-Boldak tumanida “Tolibon” harakati jangarilari ushbu hududni bosib olgandan keyin ro‘y bergan, deb xabar beradi mahalliy Tolo News telekanali ichki ishlar vazirligi vakili bergan ma’lumotga tayanib.
Afg‘oniston hukumati tinch aholining qirg‘in qilinishida tumanni egallab turgan “Tolibon” jangarilarini aybladi.
"Shafqatsiz terrorchilar Panjobdagi (Pokiston) rahbarlari buyrug‘i bilan Spin-Boldak tumanidagi tinch aholining uylariga bosqin uyushtirgan, uylarni talab 100 dan ziyod odamni o‘ldirgan", — deb bayonot berdi IIV vakili Mirvais Stanakzay.
Telekanalning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, toliblar tinch aholining o‘ldirilishiga aloqador emasligini ta’kidlashmoqda.
Bundan avval ham Pokiston bilan chegaradosh ushbu Spin-Boldak tumani toliblar tomonidan bosib olingan va keyinchalik yana hukumat qo‘shinlari nazoratiga o‘tgani aytilmoqda.
Pokiston bilan Afg‘oniston chegarasida joylashgan Spin-Boldak tumani savdo-sotiq nuqtai-nazaridan muhim strategik nuqta hisoblanadi.