English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonda masjidda uyushtirilgan portlash 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
18:03 / 2022-04-21

Payshanba kuni Afg‘onistonning shimolidagi Balx viloyati ma’muriy markazi hisoblangan Mazori-Sharif shahrida masjidda kuchli portlash sodir etildi.

Khaama Press agentligining mahalliy tibbiy muassasa vakiliga tayanib yozishicha, portlash 30 ga yaqin kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, yana 80 kishi kasalxonaga yotqizilgan. 

Aamaj News agentligining dastlabki ma’lumotida keltirilishicha, voqea masjid yaqinida sodir bo‘lgan, keyinroq portlash masjid binosining o‘zida sodir etilgani haqida xabar tarqaldi.