English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonda kuchli qor va yomg‘ir 60 dan ko‘p odamni hayotdan olib ketdi
12:44 / 2026-01-25

So‘nggi uch kun ichida Afg‘onistonda kuchli qor va yomg‘ir yog‘ib, 60 dan ziyod odam halok bo‘ldi.

“AzerTAJ” xabar berishicha, 100 dan ortiq odam jarohat olgan.

Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bo‘ron natijasida qariyb 460 uy qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan. Eng ko‘p zarar mamlakatning markaziy va shimoliy hududlarida kuzatilgan.

Bu raqamlar dastlabki ma’lumot, ofat ta’sirini baholash davom etyapti. Rasmiylar aholini zarurat bo‘lmasa qor bilan qoplangan yo‘llarda yurmaslikka chaqirgan. Viloyat hokimiyati mamlakatning eng muhim transport yo‘laklaridan biri bo‘lgan Salang avtomagistrali butunlay yopilganini ma’lum qildi.

Afg‘onistonning "Kabul Now" nashri xabar berishicha, payshanba kuni kechqurun Salang tog‘i dovonida qor ko‘chib, ikki odam hayotdan ko‘z yumgan, 12 kishi jarohat olgan. Umuman, mamlakatning turli mintaqalarida ko‘chki, suv toshqini qayd etilgan.

G.Sattorova, O‘zA