“Tolo news” axborot portali yozishicha, Hirot shahrida faqat ayollar auditoriyasiga mo‘ljallangan “Nawaye Zan” (Ayollar ovozi) birinchi radiostansiya ishga tushirildi.
Studiyada o‘ndan ortiq ayol jurnalistlar ishlaydi, xotin-qizlar muammolariga bag‘ishlangan turli xil kontent yaratadi va efirga uzatadi, deyiladi xabarda.
Yangi ommaviy axborot vositasi direktori Shabnam Karimiy “Tolo news” nashriga bergan intervyusida “Nawaye Zan” o‘lkada ayollar ovozini kuchaytirish uchun yaratilganini aytdi.
– Ushbu radio dasturlari orqali ayollar ovozini dunyoga yetkaza olamiz, -deydi radiostansiya xodimi Saadi Niyar Yazdanparast.
Ekspertlar fikricha, Hirotda radiostansiyaning ochilishi ayollarga nisbatan cheklovlarning kuchayishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda.
Shanba kuni “Khaama press” yangiliklar portali endi Hirotdagi ayollarga hukumat binolarida va tibbiyot markazlarida burqasiz chiqish taqiqlanganini xabar qildi. Bundan tashqari, taksi haydovchilariga ayollarni burqasiz tashish taqiqlangan.
S.Rahimov, O‘zA