Afg‘onistonda 9 kishi fojia qurboniga aylandi
“RIA Novosti” mahalliy manbaga tayanib xabar berishicha, Afg‘onistonning Nangarxor viloyatidagi maktab yonida yuz bergan portlash oqibatida 9 inson halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi.
Baxtsiz hodisa bugun Lalpur uyezdida sodir bo‘ldi. Aytishlaricha, minomyot snaryadi portlab ketgan.
Guvoh jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilganini ham qo‘shimcha qilgan.