Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistonda 6 nafar politsiyachi halok bo‘ldi
12:46 / 2021-01-02

Afg‘oniston sharqidagi Nangarxor viloyatida "Tolibon" radikal harakati jangarilari hujumi oqibatida kamida 6 nafar politsiya xizmatchisi qurbon berilgan. Bu haqda “RIA Novosti”ga mahalliy manba xabar berdi.

Ma’lumotga qaraganda, Batikot okrugida politsiyaning mahalliy bo‘linmasi toliblar tomonidan qurshab olingan. Natijada bo‘lim sardori bilan birga 6 xodim o‘ldirilgan, 4 nafar huquq himoyachisi yaralangan.

O‘zA