Afg‘onistonda 20 kishi qor ko‘chkisi ostida qolib ketgani aytilmoqda
Fojia Afg‘oniston sharqidagi Kunar viloyatining Dangam tumanida sodir bo‘lgan. 15 kishining jasadi topildi, deb ma’lum qildi Tolo News telekanali mahalliy hukumat bergan ma’lumotga tayanib.
"15 ta jasad topildi, qolganlari ham qidirilmoqda", – deyiladi telekanal tarqatgan xabarda.