Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot» xalqaro konferensiyasi UNA- OIC sahifalarida
14:06 / 2022-07-27

Islom hamkorlik tashkiloti Axborot agentliklari ittifoqi «UNA- OIC» saytida “O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash ustuvor ekanini ta’kidladi” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Maqola quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi: 

- O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash vazifasi umumiy ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerakligi, bu esa jafokash afg‘on zaminida mustahkam tinchlik o‘rnatishning muhim sharti hisoblanishini ta’kidlagan.

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Taha anjumanda so‘zlagan nutqida O‘zbekiston hukumatining Afg‘oniston kelajagi uchun shunday muhim pallada ushbu yirik tadbirni o‘tkazish bo‘yicha o‘z vaqtida tashabbus ko‘rsatganini yuqori baholagani ham muallif tomonidan qayd etilgan.

Janob Taxa tashkilotga a’zo va butun dunyo mamlakatlarini, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarni IHTning Afg‘oniston bo‘yicha maqsadli jamg‘armasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqirdi. «Maqsadli jamg‘armaning ko‘magi qanchalik ko‘p bo‘lsa, — dedi u, — yordam loyihalari ko‘lami ham shunchalik keng bo‘ladi va natijada bunday yordam dasturlaridan afg‘on jamiyatining keng qatlami bahramand bo‘ladi».

Bundan tashqari maqolada bir qator davlatlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, jumladan, Yue Syaoyun, Muhammad Sodiq Xon va boshqa vakillarning nutqlaridan iqtibos keltirib o‘tilgan. 


G. Abdullayeva, O‘zA