Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston va Xitoy havo orqali o‘zaro mahsulot yetkazib beradi
10:18 / 2023-10-09

Afg‘oniston va Xitoy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot yetkazib berish maqsadida Kobul va Shanxay o‘rtasida havo yo‘lagi ishga tushdi, deb xabar berdi “Bakhtar” agentligi.

Havo ko‘prigi ochilishi marosimida Afg‘oniston muvaqqat hukumatida Bosh vazirning iqtisodiy masala bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar Oxund “mamlakat iqtisodiyoti tadbirkorlar, sanoatchilar sa’y-harakati natijasida rivojlanmoqda”, deya ta’kidladi.

U Afg‘onistonda iqtisodiy vaziyat yaxshilanayotganini “butun dunyo e’tirof etayotganini” ham qo‘shimcha qilgan.

Tolibon hukumati bahorda bergan ma’lumotga ko‘ra, 20 martda tugagan hijriy yil bo‘yicha Afg‘oniston eksporti avvalgi yilga nisbatan 63 foiz oshib, 1,9 milliard dollarga yetgan.