Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston shimolida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgan, qurbonlar bor
12:24 / 2022-12-14

Afg‘oniston shimolida Qunduz viloyati hududida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi natijasida besh kishi halok bo‘lgan, 28 kishi turli darajada jarohat olgan, deb yozmoqda «Sinxua» agentligi.

Tezkor yordam xizmatining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. jarohat olgan yo‘lovchilar yaqin oradagi kasalxonaga yetkazilgan, ularning ayrimlari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Mahalliy politsiyadagilarning ta’kidlashicha, 11 dekabrda yuz bergan ushbu fojia haydovchi aybi bilan sodir bo‘lgan.