Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston shimolida yer qimirladi
11:46 / 2024-02-19

Qo‘shni Afg‘onistonning shimoliy qismi – Balx viloyatida 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 15:50 da qayd etilgan.

Zilzila nuqtasi ma’muriy markaz – Mozori Sharif shahridan 19 km janubi-g‘arbda, 10 km chuqurda ekani aniqlandi.

Yer silkinishi Afg‘onistonning shimoliy viloyatlari, shuningdek qo‘shni O‘zbekiston va Turkmanistonda ham sezilgan.

O‘tgan yil oktyabr oyida ushbu mamlakat shimoli-g‘arbidagi Hirot viloyatida ketma-ket kuzatilgan 5-6,5 ballli zilzilada 2500 kishi halok bo‘lgan edi.