Afg‘oniston rasmiylari Kobul-Moskva yo‘nalishidagi reyslar sonini oshirishga tayyor
Kobul-Moskva reyslari soni, agar kerak bo‘lsa, haftasiga bir necha martagacha oshirilishi mumkin, dedi Afg‘onistonning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Jamol Nosir Garval RIA Novosti bilan suhbatda.
Afg‘oniston milliy aviatashuvchisi Ariana Afghan Airlines 26 aprel kuni Moskva va Kobul o‘rtasidagi parvozlarni qayta tikladi.
«Biz qaror qildikki, aviakompaniya haftada bir marta reysni amalga oshiradi. Ko‘ramiz, ko‘proq arizachilar bormi, keyin parvozlar chastotasini, balki haftasiga ikki yoki uch martagacha oshiramiz... Biz Ariana Afghan Airlines bilan kunlik reyslarni juda yaxshi tashkil qilishimiz mumkin, ammo hozirda yo‘lovchilar sonini hisobga olsak, haftasiga bitta reys yetishini aytib o‘tish mumkin», dedi Garval.