English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston prezidenti murojaat bilan chiqdi
10:41 / 2021-08-19

Afg‘onistondan qochib ketgan prezident Ashraf G‘ani o‘zining videomurojaatida Birlarshgan Arab Amirliklarida ekanini ma’lum qildi. U Kobuldan ko‘p miqdorda pul olib ketgani haqidagi xabarlarni asossiz ekanini aytgan.

"Kobulning qulagan kuni nima bo‘lganini keyinroq tafsilotlari bilan aytib beraman. Men Afg‘onistonni tark etishga majbur bo‘ldim, chunki Kobulda qon tukilishiga sababchi bo‘lib qolishni istamadim", — dedi G‘ani Facebook sahifasida e’lon qilgan  videomurojaatida.

Prezidentning ta’kidlashicha, “Tolibon” harakati vakillari Kobulga kirmaslikka va’da bergan,  lekin prezident saroyini avvaldan o‘rab olgan ekan.

"Meni Kobulni ko‘p  pul bilan tark etdi, degan gaplar haqiqatdan yiroq", — qo‘shimcha qildi G‘ani va yaqin vaqtlarda mamlakatga qaytishini ta’kidladi.

Davlat rahbari o‘ziga  qarshi suiqasd tayyorlanayotgani haqida xabsar yetib kelganini ham aytib o‘tgan.