Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston poliomiyelitga qarshi emlash dasturini qayta tiklaydi
11:28 / 2021-10-22

Afg‘onistonda poliomiyelitga qarshi emlash bo‘yicha umummilliy dastur qayta tiklanadi. “Tolibonlar” tomonidan shakllantirilgan yangi hukumat dasturni qo‘llab-quvvatlab, ayollarga unda xodimlar sifatida ishlashga ruxsat berdi, deb xabar beradi BMT.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF emlash ishlari tolibonlar ko‘magida 8 noyabrdan boshlanishini ma’lum qilishdi.

So‘nggi uch yilda mamlakatda poliomiyelit bilan kasallanish holatlari ancha ko‘paygan.

YUNISEF tashkilotidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Afg‘onistonda 56 ta yangi kasallanish holatlari qayd etilgan. Bu 2011 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatgichdir.

 

www.theguardian.com sayti materiallari asosida

Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA