Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi infratuzilmaviy loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
16:50 / 2022-02-23

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Qobul shahrida Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Afg‘oniston delegatsiyasining 2021 yil oktyabr oyida Termiz shahrida bo‘lib turganida chegaralar xavfsizligi, investitsiyalar, savdo, energetika, xalqaro yuk tashish va tranzit, ta’lim va gumanitar sohalardagi hamkorlik yo‘nalishlarida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Xususan, o‘zaro savdo hajmini oshirish, savdo va transport to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha birinchi darajali vazifalarga urg‘u berildi. Shu nuqtai nazardan, o‘z hududida logistika markazi, ishlab chiqarish va saqlash ob’ektlari, mahsulotlarni sotish punktlari va zarur infratuzilmani birlashtirgan "Termiz" xalqaro savdo markazining imkoniyatlaridan foydalanish taklif qilindi.

Afg‘on tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda mintaqa davlatlarining transport va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Xususan, Afg‘oniston hududi orqali o‘tib ketayotgan transport vositalari va yuklarning harakatlanishi uchun o‘zaro maqbul sharoitlarni ishlab chiqish, muqobil transport yo‘nalishlarini joriy etish hisobiga mamlakatning tranzit imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishib olindi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarning turli yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik qilish yo‘llari muhokama qilinib, ustuvor sohalarda mavjud masalalarni hal qilish bo‘yicha birinchi darajali vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlashga qaratilgan faol hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

O‘zA