Afg‘oniston mudofaa vazirligi tolibonlarning 270 dan ziyod jangarisi yo‘q qilingani haqda ma’lum qildi
Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari (ANDSF) o‘tgan kuni “Tolibon” harakatining kamida 274 jangarisini yo‘q qildi, yana 119 tasi yarador qilingan.
Janglar mamlakatning 16 ta viloyatida kechmoqda, deb xabar tarqatdi Afg‘oniston mudofaa vazirligi.
“Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari olib borgan harbiy amalyotlar natijasida so‘nggi 24 soat ichida “Tolibon”ning ikki yuz yetmish to‘rtta terrorchisi o‘ldirilgan va 119 tasi yarador qilindi", - deyiladi mudofaa vazirligining Twitter orqali tarqatgan xabarida.
Ayni paytda Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan “Tolibon” harakati jangarilari o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tmoqda. O‘tgan hafta jangarilar Xirotga yaqinlashib kelgani va Gilmend viloyatining ma’muriy markazi Lashkargoh shahri uchun janglar kechayotgani haqida xabar qilingandi.
(S.Rahimov)